10:20 / 22.03.2020
7111
Andijonda post xizmatidagi xodimlar va haydovchilarga tibbiy niqoblar tarqatilmoqda

Andijon shahrida ichki ishlar xodimlarini koronavirus kasalligidan himoya qilish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Foto: Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Andijon viloyati ichki ishlar xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi va viloyat IIB tibbiyot bo‘limi xodimlari hamkorligida Andijon shahridagi jamoat joylarida, bozorlar va temir yo‘l va avtovokzallarda xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati va patrul-post xizmati xodimlariga tibbiy niqoblar hamda gigiyenik vositalar tarqatildi.

Shuningdek, IIB kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z xizmat burchini sidqidildan olib borib, aholiga namunali transport xizmatini ko‘rsatayotgan transport tashkilotlari xodimlariga minnatdorchilik sifatida yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tibbiyot niqoblari tarqatdi.

«Andijon viloyati ichki ishlar xodimlariga, barcha profilaktika inspektorlari, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xodimlariga tarqatish maqsadida 20 000 dona tibbiyot niqoblari va 500 dona gigiyenik vositalar xarid qilindi», deydi birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Fazliddin Burxonov.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top