22:01 / 22.03.2020
19409

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari koronavirus infeksiyasi bo‘yicha vaziyatni muhokama qildi

Foto: KUN.UZ/Arxiv

Qo‘shni davlatdan import qilinuvchi oziq-ovqat va boshqa tovarlarni yetkazib berish odatdagidek, to‘siqlarsiz amalga oshirilishi qayd etildi

Joriy yilning 22 mart kuni O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilg‘oziyev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati xabar bergan.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, respublikalarda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha vaziyat va uning tarqalishi oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga mos keladigan dolzarb masalalar bo‘yicha tezkor ma'lumot almashishni amalga oshirishga kelishib oldi. Qo‘shni davlatdan import qilinuvchi oziq-ovqat va boshqa tovarlarni yetkazib berish odatdagidek, to‘siqlarsiz amalga oshirilishi qayd etildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top