17:27 / 22.03.2020
26518
Toshkentdagi xususiy mehmonxona o‘z binosini karantin uchun bepul ajratishga tayyor

Toshkentdagi «DANIEL HILL» mehmonxonasi o‘z binosini karantin uchun ajratishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqida mehmonxonaning instagramdagi sahifasida e'lon qilindi.

Foto: Daniel Hill Hotel / Instagram

«Yurtimizdagi karantin va murakkab sharoitni inobatga olib «DANIEL HILL HOTEL» mehmonxonasi chet ellik investorlar bilan kelishgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘mak uchun tayyorligini bildiradi.

O‘zbekiston hududiga chet eldan kelayotgan vatandoshlarimizni karantinda saqlashga mo‘ljallangan 350 kishi uchun 150ta xona tayyorlangan. Ularni 3 mahal bilan ovqat bilan ham ta'minlaymiz», deyiladi mehmonxona bayonotida.

  • Ma'lumot uchun, ayni damda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 43 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi kunlarda xorijdan olib kelinayotgan o‘zbekistonliklar kasalxona yoki sanatoriyalarga karantin uchun joylashtirilmoqda. 
  • Bugungi kunda 14 kunlik karantinga olinganlarning 6748 nafari Sog‘liqni saqlash vazirligining xulosasi asosida tibbiy kuzatuvdan chiqarilgan bo‘lib, 12731 nafari tibbiy kuzatuvda qolmoqda. 
  • Tibbiy kuzatuvdagi shaxslardan 7416 nafari shifoxonalarda, 5315 nafari uy sharoitida saqlanmoqda. Uy sharoitida karantin o‘tayotgan fuqarolar, belgilangan qoidalarga rioya qilishlari, karantin tartiblarini buzib tashqariga chiqishlarini oldini olish va aholining xotirjamligini ta'minlash maqsadida, jami 9564 nafar, ya'ni har bir uyga bir nafardan profilaktika inspektori, mahalla raisi va tibbiyot xodimi biriktirilgan.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top