Germaniya kansleri Angela Merkel koronavirusga chalingan shifokor bilan aloqada bo‘lgandan keyin koronavirusga test topshirdi va uning natijalarini kutmoqda.

Foto: Getty Images
Bu haqda Germaniya vazirlar mahkamasi rasmiy vakili Shteffen Zaybert ma'lum qildi.
Merkel unga 20 mart kuni pnevmokokkdan emdori kiritgan shifokor koronavirusga chalinganidan xabar topgach karantinga ketishga qaror qilgandi.
“Kansler o‘zini yaxshi his qilmoqda, u bugun videoanjuman rejimida hukumat yig‘ilishida ishtirok etdi hamda koronavirusga test topshirdi. Biz testning natijasini kutmoqdamiz va keyingi voqealarni kuzatamiz”, deb aytgan Zaybert.