00:12 / 23.03.2020
107924
O‘zbekistonda yana ikki kishi koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha yana ikkitaga oshib, 45 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma'lum qilishlaricha, ushbu infeksiya aniqlangan ikki fuqaro xorijda bo‘lib koronavirusga chalingan bemorlar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni qayd etilgan, 11 mart tongida Parijdan uchib kelgan ayolga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgandi. Keyinroq London, Istanbul va Dubaydan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida hamda ular bilan aloqada bo‘lganlarda virus aniqlandi. 22 martda ular qatoriga Shveytsariyada bo‘lib qaytgan bemor ham qo‘shildi.

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus aniqlangan shaxslarning kamida 16 nafari bitta bemor bilan aloqada bo‘lgan.

Yakshanba kuni tushga yaqin berilgan ma'lumotga ko‘ra, kasallanganlarning 9 nafarida o‘pkaning yallig‘lanishi, ya'ni pnevmoniya holati qayd qilingan. Og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘qligi aytilmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top