08:57 / 23.03.2020
17926
Saudiya Arabistonida komendantlik soati kiritildi 

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud 23 martdan shaharlar aholisining harakatlanishiga taqiqlov kiritilishi haqidagi farmonni qabul qildi. 

Foto: Anadolu Agency

Komendantlik soati koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida kechki soat 19dan ertalabki soat 6gacha 21 kun davomida amal qiladi.  

Avvalroq koronavirus epidemiyasi sababli mamlakatdagi barcha masjidlarda jamoat namozlarini ado etish taqiqlangandi. 

Oxirgi kunlarda podshohlikda koronavirusga chalinganlar soni keskin ko‘payib ketdi. Ayni vaqtda mamlakatda kasallikka chalinganlar soni 511 nafarni tashkil qilmoqda. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top