19:53 / 23.03.2020
34099
«Shaytanat» seriali teleekranga qaytmoqda

Yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub «Shaytanat» romani asosida suratga olingan bir nomdagi ko‘p qismli o‘zbek seriali o‘zbek teleekraniga qaytmoqda. Ushbu serial namoyishi 23 mart, dushanba kundan boshlab soat 20.00da Zo‘rTV telekanalida efirga uzatiladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

Foto: Kino-uz.com

Telekanal ma'muriyatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, 1998 yilda sahnalashtirilgan 20 seriyadan iborat «Shaytanat» seriali yakunida uning mantiqiy davomi, ya'ni 21 qismi ham efirga uzatilishi mumkin. 

«Shaytanat» seriali ilk marta 1999 yil 15 fevral kuni telekanal efiriga uzatilgandi. Ammo u keyinroq norasmiy taqiqqa uchradi hamda deyarli 15 yil davomida zangori ekranda ko‘rsatilmadi.

Film ijodkorlari bunga rasman izoh bermagan, shuningdek O‘zMTRK ham munosabat bildirmagan.

Top