14:59 / 23.03.2020
40308

Taniqli kinorejissyor Nozim Abbosov vafot etdi

21 mart kuni kinorejissyor  Nozim Abbosov 58 yoshida vafot etdi. Ushbu ma'lumotni Madaniyat vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva Kun.uz'ga tasdiqladi.

Foto: kino-teatr.ru

Marhum «Said va Saida»  «Dilor, Dilor, dil va or» va «Mahallada duv-duv gap 2» filmlari bilan tomoshabinlar qalbidan o‘rin olgandi. Uning ssenariysi asosida ishlangan «Fellini» filmi esa Varshavada o‘tgan xalqaro kinofestivalda mukofotga, 2002 yili Insburgda o‘tgan tanlovda Gran-priga sazovor bo‘lgandi. 

Marhum otasi Shuhrat Abbosov bilan ishlagan «Mahallada duv-duv gap 2»  hamda yozuvchi Said Ahmad hayotidan hikoya qiluvchi «Said va Saida»  kartinasi Nozim Abbosov muxlislarini ko‘paytirgan.

Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

 

Top