15:50 / 23.03.2020
5464

Uzbekistan Airways mamlakat ichidagi barcha aviaqatnovlarni bekor qildi

Respublika ichidagi barcha aviaqatnovlar noma'lum muddatga bekor qilinishi haqida xabar berildi 

Foto: KUN.UZ

2020 yil 24 martdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi respublika ichidagi barcha aviaqatnovlar noma'lum muddatga bekor qilinishi haqida xabar berdi.

Aviakompaniya mijozlardan ushbu vaziyatni tushunishni so‘ragan, shuningdek, qatnovlar qayta tiklanganidan keyin aviachiptalarni istalgan sanaga qayta bron qilish imkoniyati mavjudligi haqida eslatib o‘tgan.

“Sizga keyingi o‘zgarishlar haqida xabar berib turamiz. Yangiliklarni uzairways.com veb-saytida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring”, - deyiladi aviakompaniya ma'lumotida.

Bundan oldin, Toshkent shahriga har qanday transportda kirish va chiqish to‘xtatilishi aytilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top