14:57 / 24.03.2020
113664
Alisher Usmonov karantin sabab vaqtincha Toshkentga ko‘chib keldi

Milliarder Alisher Usmonov koronavirus pandemiyasi vaqtida Toshkentda izolyatsiyada yashashga qaror qildi. Bu haqda u Forbes’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Foto: Maxim Shemetov / Reuters

«Shubhasiz, koronavirus pandemiyasi biznesga ham va afsuski, jahon iqtisodiyotiga ham ta'sir qiladi. Tadbirkorlarning nafaqat aktivlari, balki majburiyatlari ham bor. Ular uchun virusning o‘zi ham, bozorlarni silkitib yuborgan axborot to‘lqini ham xavfli.

Pandemiya qarshisida hamma teng, Xudo saqlasin. Hozir eng muhimi – odamlar salomatligi va baxti uchun dunyo davlatlari rahbarlari iroda ko‘rsatib, geosiyosiy qarama-qarshiliklarga qaramay, global xavf qarshisida birlasha olishlari lozim.

O‘zimga kelsak, men xavf guruhiga kirganim sabab, o‘zimning tarixiy vatanim – Toshkent shahrida o‘z-o‘zimni izolyatsiya qildim», – deydi 66 yoshli Usmonov.

Eslatib o‘tamiz, bir yil oldin internetda Alisher Usmonovning Toshkentdagi uyi suratlari tarqalgan edi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top