17:25 / 24.03.2020
14323
Bishkekda komendantlik soati joriy etilmoqda

Qirg‘iziston prezidentining farmoniga ko‘ra, Bishkek, O‘sh va Jalolobod shaharlari hamda O‘sh va Jalolobod oblastlarining uchta rayonida 25 mart ertalab soat 8dan favqulodda holat joriy etiladi va 15 aprelgacha davom etadi. 

Foto: 24.kg

Qirg‘iziston poytaxti komendanti, respublika ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Almazbek Orozaliyev Bishkekda komendantlik soati joriy etilishini ma'lum qildi.

"25 mart soat 20dan komendantlik soati amal qilishi boshlanadi", - dedi u.

Orozaliyevning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtda ertalab soat 7gacha aholi va transport harakati taqiqlanadi.

U shuningdek, shaharda bo‘lib turgan mamlakatning boshqa hududlaridan bo‘lgan aholisini Bishkekni yaqin soatlar ichida tark etishga chaqirdi. Ma'lum qilinishicha, aks holda ularga nisbatan chora ko‘riladi. 

Komendantlik soati vaqtida shifokorlar, ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarga maxsus ruxsatnomalar taqdim etiladi.

Qirg‘iziston prezidentining farmoniga ko‘ra, Bishkek, O‘sh va Jalolobod shaharlari hamda O‘sh va Jalolobod oblastlarining uchta rayonida 25 mart ertalab soat 8dan favqulodda holat joriy etiladi va 15 aprelgacha davom etadi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirgacha mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 42ta holat qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top