12:41 / 24.03.2020
35150
Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Shavkat Rahimov O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimini egalladi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda mahkama xabarida aytilgan.

Shavkatjon Rahimov

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 23 martdagi farmoniga asosan Shavkatjon Jo‘rayevich Rahimov O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sh.Rahimov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining o‘rtalarida O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuroriga ikki o‘rinbosar — birinchi o‘rinbosar va O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori - bosh prokuror o‘rinbosari tayinlangandi.

Top