16:11 / 24.03.2020
24775
Elektr energiyasidan qarzdor iste'molchilar tarmoqdan uzilmaydi

Shuningdek, elektr energiyasi uchun to‘lov tizimlari va banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirish mumkinligi eslatib o‘tilgan

Foto: korrespondent.net

Bugungi kunda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat, ya'ni karantin davrida xalqqa yengillik yaratish maqsadida elektr energiyasidan qarzdor iste'molchilar (jismoniy) tarmoqdan vaqtincha ajratilmasligi belgilandi. 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bunday sa'y-harakatlar iste'molchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Shuningdek, iste'molchilarga qulaylik yaratish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatda mavjud barcha to‘lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligi eslatib o‘tilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ fuqarolardan karantin davri tugashi bilan to‘planib qolgan qarzdorlikni bartaraf etishni so‘rab qolgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top