20:48 / 24.03.2020
21641

JSST AQSh koronavirus pandemiyasi markaziga aylanishi mumkinligidan ogohlantirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti matbuot kotibi Margaret Xarris AQSh koronavirus pandemiyasining yangi o‘chog‘iga aylanishi mumkinligini aytdi.

Foto: Reuters

Bu haqda RT nashri ma'lum qildi.

“Biz AQShda kasallanish holatlari jadal ko‘payayotganini qayd qilmoqdamiz. Shu sababli bu yuz berishi mumkin”, deb aytgan Xarris Jyenevadagi brifingda. 

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 400 mingga yaqinlashib qoldi. Oxirgi kunlarda qayd qilingan kasallanish holatlaridan 85 foizi AQSh va Yevropa davlatlariga to‘g‘ri kelgan.

Bundan AQSh hissasiga 40 foizi to‘g‘ri keladi. AQShda ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 49 mingga yaqinlashib qoldi, 588 kishi undan vafot etgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top