16:04 / 24.03.2020
8379
Yer yuzi aholisining 20 foizi koronavirus sababli karantinda - The Guardian

The Guardian hozirgacha dunyo bo‘yicha ushbu kasallikka chalinish bilan bog‘liq 378 ming 679 ta holat qayd etilganini bildirgan.  

Foto: REUTERS/Susana Vera

Yer yuzi aholisining taxminan 20 foizi yoki 1,7 mlrd kishi koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ijtimoiy izolyatsiya choralari ostida qoldi, deb yozmoqda The Guardian nashri.

Gazetaning qayd etishicha, turli mamlakatlar hukumatlari o‘ta muhim paytda karantin choralarini ko‘rishiga to‘g‘ri kelmoqda: Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra, koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 100 mingta holat 67 kunda qayd etilgan bo‘lsa, keyingi 100 ming holat (300 ming bemor) qayd etilishi uchun to‘rt kun kifoya qilgan.

The Guardian hozirgacha dunyo bo‘yicha ushbu kasallikka chalinish bilan bog‘liq 378 ming 679 ta holat qayd etilganini bildirgan.  

Gazetaning yozishicha, Britaniyada jiddiy cheklovlar kiritilayotgan bir vaqtda epidemiya boshlangan Xitoyning Xubey provinsiyasida cheklovlar olib tashlanmoqda. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top