20:40 / 25.03.2020
7576

Bosh prokuratura rahbariyati karantin qoidalarini buzmaslikka chaqirdi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xalqqa murojaat yo‘llab, o‘rnatilgan karantin qoidalariga amalga qilishga chaqirdi. 

25 mart kuni AOKA qoshida tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan onlayn brifing orqali Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yuldashev ushbu chaqiruvni o‘qib eshittirdi. 

Hurmatli vatandoshlar!

Buyuk ajdodlarning vorislari, boy tarixiy qadriyatlarga ega bo‘lgan ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi o‘z oldiga ulug‘ maqsadlarni qo‘ygan va beqiyos an'analarimiz hamda umuminsoniy qadriyatlarga suyangan holda bu ezgu maqsadlarga yetishishga qodir.

Shu boisdan ham, koronavirus infeksiyasining yurtimizda tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va undan qisqa muddatda xalos bo‘lish uchun barchamiz bahamjihatlik bilan kurashaylik!

O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi xodimlarining har biri, O‘zbekiston xalqining boshiga, butun dunyoda bo‘layotgani kabi, tashvishli ishlar tushib turgan bir paytda, Siz bilan yelkama-yelka turib, Xalqning, Vatanning og‘irini yengil qilishni, muammolarni yechishni o‘zlari uchun sharaf, deb bilishadi.

Sizdan iltimosimiz: O‘rnatilgan karantin qoidalariga O‘zingiz va atrofingizdagilardan qat'iy amal qilishini talab qiling!

Zero, arzimasdek ko‘ringan e'tiborsizlik Siz uchun aziz bo‘lgan insonlarning hayotiga xavf solishi mumkin.

Yaqinlaringizni asrang!

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top