14:56 / 25.03.2020
3801
Hamkorlikda biznes qilish bahonasida katta miqdorda pul olgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Ushbu fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

14 mart kuni Olmazor tumani IIO FMBga xabar kelib tushgan, deb yozmoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.

Unga ko‘ra, 28 yoshli F.M. tanishi 28 yoshli Sh.M.ga birgalikda tadbirkorlik qilishni: tilla taqinchoqlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishni taklif qilgan. 

Shu bahonada u 2017 yilning sentabr oyidan 2018 yilning sentabr oyiga qadar Sh.M.dan 54 000 AQSh dollari olgan. Ammo F.M. hech qanday biznesni yo‘lga qo‘ymasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. 

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari, haddan tashqari ishonuvchan bo‘lmang, pullaringizni va qimmatbaho buyumlaringizni begonalarga bermang”, - deyiladi ma'lumotda.

Top