20:52 / 25.03.2020
54289
Havoning isib ketishi koronavirusga ta'sir qilmasligi mumkin

Ob-havo sharoitlari koronavirusning tarqalishiga ta'sir qilmaydi, deb yozadi Italiyaning Il Giornale nashri.

Foto: Getty Images

Virusolog Roberto Burioni havoning isib ketishi natijasida pandemiya pasayadi degan taxminlarga qo‘shilmadi. Mutaxassis fikriga ko‘ra, virusga qarshi kurashda davlatlar tomonidan qabul qilingan cheklov choralari samarali xolos.

Uning ta'kidlashicha, iliq kunlar kelishi bilan barcha respirator kasalliklar haqiqatdan ham kamroq yuqadi, havodagi so‘lak tomchilari esa tezroq bug‘lanib ketadi. Ammo bu narsalarning hozirgi vaziyatga aloqasi yo‘q. 

Qayd qilish joizki, Bikokka Milan universiteti, Rim universiteti III va Keti-Peskara universiteti olimlari ham shunday xulosaga kelishgan. Ular Uxan, Lombardiya, Venetoda COVID-19 bilan xastalangan odamlar miqdorini taqqoslab ko‘rishgan va ularning sonini bu hududlardagi ob-havo sharoitiga bog‘liqligini aniqlashmagan.

Italiyalik olimlar infeksiyaga qarshi kurashda iliq ob-havo sharoitining foyda berishi haqidagi taxminni atipik pnevmoniya bilan taqqoslash natijasida yuzaga kelgan deb hisoblashmoqda. 2002 yil oxirida boshlangan bu virusning epidemiyasi 2003 yil o‘rtalariga kelib so‘nib qolgan edi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, o‘sha epidemiyani hozirgisi bilan taqqoslash o‘rinli emas.

Hozirgi vaqtda koronavirus 170ta mamlakatda aniqlandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, xastalanganlar soni 350 mingdan oshdi. Shulardan 16 mingdan ortig‘i vafot etdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top