19:05 / 25.03.2020
11162
Karantin qoidalarini buzgan 87 kishi ma'muriy javobgarlikka tortildi 

Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev koronavirus tarqalishi oldini olishning eng muhim sharti bu – karantin qoidalariga qat'iy va so‘zsiz rioya etish ekani, lekin ayrim fuqarolar belgilangan cheklovlarga qaramasdan o‘zboshimchalik bilan o‘zi va yaqinlari sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishayotgani, shuningdek, karantin tadbirlarining samarasiga ham putur yetkazayotgani haqida gapirdi.

25 mart kuni AOKA shtabida tashkil etilgan brifingda Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev karantin qoidalarini buzgan fuqarolar haqida ma'lumot berdi.

«15 martdan shu kunga qadar karantinda bo‘lish qoidalarini buzgan 90 nafar fuqaro aniqlanib, 87 nafari ma'muriy javobgarlikka tortildi. 3 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Avval xabar berilganidek, karantinda bo‘lish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun Shofirkon tumanida yashovchi 30 yoshli Ravshanov, Parkent tumanida yashovchi 66 yoshli Eshov va Denov tumanida yashovchi 31 yoshli Ashurovga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 257-prim moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu shaxslarga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoq tanlangan. Bosh prokuratura tomonidan jinoyat ishlariing tergovi ustidan alohida nazorat o‘rnatilgan», dedi Erkin Yo‘ldoshevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top