17:07 / 25.03.2020
54118
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 56 nafarga yetdi

Infeksiya xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan yana bir nafar fuqaroda aniqlangan 

Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 56 nafarni tashkil etmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu infeksiya xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan bir nafar fuqaroda aniqlangan.

O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan.

Keyinroq London, Istanbul, Dubay va Moskvadan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida va ular bilan muloqotda bo‘lganlarda virus aniqlandi. 22 martda ular qatoriga Shveytsariyada bo‘lib qaytgan bemor ham qo‘shildi.

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 55 nafarga yetgani xabar berilgandi. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top