23:49 / 25.03.2020
5805

Misrdagi ehromlar majmuasi dezinfeksiya qilina boshlandi

Misr ehromlari yonidagi turistik joylarda koronavirusga qarshi kurash doirasida dezinfeksiya ishlari boshlandi.   

Foto: EPA

Egypt Independent nashrining yozishicha, ehromlarga kirish joyi, “kutish zali”, rentgen qurilmalari, hojatxonalar va yo‘lkalarga antiseptik aralashma bilan ishlov berilgan.

Shuningdek, Katta ehrom oldidagi yog‘och yo‘llar ham dezinfeksiya qilingan. 

Misrning turizm va qadimiyliklar vazirligi 21 mart kuni mamlakatdagi barcha arxeologik obektlar va muzeylar 23-31 mart kunlariga yopilishini e'lon qilgan.

Bu orada 19 martdan 31 martgacha to‘xtatilishi rejalashtirilgan parvozlar 15 aprelgacha to‘xtatilgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Misrda koronavirusga chalinganlar soni 442 nafarni, vafot etganlar soni esa 21 nafarni tashkil qilmoqda.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top