10:05 / 25.03.2020
105570
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 55 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlarining umumiy soni 55 nafarni tashkil etmoqda 

Foto: Getty Images

Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 5 nafarga oshib, ularning umumiy soni 55 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan.

Keyinroq London, Istanbul, Dubay va Moskvadan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida va ular bilan muloqotda bo‘lganlarda virus aniqlandi. 22 martda ular qatoriga Shveytsariyada bo‘lib qaytgan bemor ham qo‘shildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top