21:51 / 25.03.2020
59922
O‘zbekistonda virusdan zararlanganlar soni 59 nafarga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana uch kishida koronavirus aniqlanganini ma'lum qildi.

«Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 59 nafarni tashkil etmoqda. 

Ushbu infeksiya xorijda bo‘lib qaytgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yana uch nafar fuqaroda aniqlangan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotida.

Bugun kun davomida jami 9 kishida virus aniqlandi. Hozircha bu bemorlarning qayerda va qachon virus yuqtirgani to‘g‘risida ma'lumot yo‘q.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top