19:01 / 25.03.2020
9158
Saudiya Arabistoni koronavirusga qarshi komendantlik soatini kuchaytirdi

Saudiya Arabistoni koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan komendantlik soati shartlarini kuchaytirdi.

Foto: REUTERS/Ahmed Yosri

SPA agentligi xabariga ko‘ra, 25 martdan boshlab, Ar-Riyod, Makka va Madina shaharlariga kirish/chiqish taqiqlandi, viloyatlar orasidagi qatnovlar to‘liq to‘xtatildi.

Shuningdek, qirol Salmon tomonidan ma'qullangan va 23 mart kunidan boshlab joriy qilingan komendantlik soati uzaytirildi. Endi yuqorida nomi tilga olingan shaharlarda soat 15.00 dan (avval 19.00 edi) ertalabki 6.00 gacha uydan chiqish taqiqlanadi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BST) ma'lumotiga ko‘ra, 25 mart holatiga Saudiya Arabistonida koronavirus yuqtirib olganlar soni 900tani, vafot etganlar soni 2tani, sog‘ayib ketganlar soni 29tani tashkil qiladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top