14:58 / 25.03.2020
4065
Serra-Leoneda koronavirus sababli favqulodda holat e'lon qilindi

Qayd etilishicha, Serra-Leoneda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan, ammo qo‘shni Gvineya va Liberiyada infeksiya yuqtirish holatlari yuz bergan.

Foto: AP Photo / Michael Duff

Serra-Leone prezidenti Julius Maada Bio mamlakatda 12 oyga favqulodda holat joriy etilganini e'lon qildi. Bu haqda Sierra Leone Telegraph gazetasi xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, mamlakat prezidenti xalqqa murojaatida 24 martdan boshlab Serra-Leoneda 12 oy muddatga favqulodda holat joriy etilishini ma'lum qilgan.

Nashrning qayd etishicha, bu davlatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan, ammo qo‘shni Gvineya va Liberiyada infeksiya yuqtirish holatlari yuz bergan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 372 mingdan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan, 16 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top