09:18 / 25.03.2020
12445
Sirdaryoda YTH natijasida yana bir inson bevaqt vafot etdi

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda 

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 24 mart kuni soat 02:30da Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 6-km.da “Toshkent-Termiz” yo‘nalishida haydovchi F.M. “Kobalt” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi Sh.Q. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilishi natijasida YTH sodir bo‘lgan.

Natijada, “Kobalt” rusumli transport vositasining yo‘lovchisi A.A. ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB TG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganingizda “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Top