02:07 / 25.03.2020
17991
Suriyalik kurdlar koronavirus epidemiyasi ortida o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
Foto: Reuters

Suriyalik kurdlarning “Suriya demokratik kuchlari” koronavirus epidemiyasi ortida o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi.

Kurdlarning bu haqidagi bayonotini “Al-Hadas” telekanali ma'lum qildi.

“Suriya demokratik kuchlari” qo‘mondonligi Suriyadagi ixtilofning barcha tomonlariga BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning tashabbusini qo‘llab-quvvatlash va barcha yerda o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qiladi”, deyilgan bayonotda.  

Avvalroq BMT bosh kotibi koronavirus pandemiyasi sababli barcha qurolli ixtiloflar tomonlarini o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgandi. Suriyada kurd otryadlari turk qo‘shinlariga hamda Suriya muxolifati qurollangan tuzilmalariga qarshi jangovar harakatlar olib bormoqda.

22 mart kuni Suriya sog‘liqni saqlash vaziri Nizor Yozijiy mamlakatda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlanganini ma'lum qilgandi. Shundan keyin rasmiy Damashq virus tarqalishi xavfi sababli aksariyat davlat muassasalarini yopdi. Shuningdek, oziq-ovqat va dori-darmon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va muhim obektlardan tashqari barcha davlat va xususiy korxonalar faoliyati to‘xtatilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top