23:34 / 26.03.2020
10429
Afg‘onistonda prezident nomidan chiqarilgan soxta farmon bilan 30 mahbus ozod qilindi   

Afg‘onistonning Uruzg‘on viloyatidagi markaziy turmadan prezident Ashraf G‘ani nomidan chiqarilgan soxta farmon bilan 30 mahbus ozod etildi.

Foto: PMG (arxiv)

Bu haqda «Pajvok» axborot agentligi xabar berdi

Politsiya “prezident farmoni” soxtaligini anglagach, ozod etilgan mahbuslarni ushlash bo‘yicha amaliyotni boshlagan. 

Ta'kidlanishicha, bu Afg‘onistonda prezident farmonining birinchi soxtalashtirilishidir. Fuqarolar prezident farmonlari soxtalashtirilayotgan bo‘lsa, unda hech kimga ishonch qolmaganini aytishgan.

Ko‘rinishicha, jinoyatchilar Afg‘onistonda AQSh va “Tolibon” o‘rtasidagi kelishuvga binoan panjara ortida ushlab turilgan toliblar ozod qilinayotganidan foydalanib qolishgan.

Ayni vaqtda viloyat politsiyasi mahbuslarni topib, ularni turmaga qaytarish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirmoqda. 

25 mart kuni Vardaq viloyatidagi turmadan “Tolibon” a'zosi hisoblangan 9 mahbus ozodlikka chiqarilgan. Ular Ashraf G‘ani farmoni bilan ozodlikka chiqarilgan birinchi toliblar bo‘lgan. Ozod etilganlar hukumatga boshqa jangovar harakatlarga qaytmaslikka va'da bergan.

Top