19:05 / 26.03.2020
22760

Ilk bor O‘zbekistonning xorijdagi fuqarosida koronavirus aniqlandi

Ayni vaqtda Avstriyada bo‘lib turgan o‘zbekistonlikka koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Avaz Hojimetov AOKAda o‘tkazilgan brifing chog‘ida ma'lum qildi.

Foto: Getty Images

«Xorijdagi fuqarolarimiz orasida yangi turdagi koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 1ta holat qayd etilgan bo‘lib, ushbu bemor hozirda Avstriyada karantinga olingan. Ahvoli yaxshi va kasallikning yengil formasi tashxisi qo‘yilgan. Vaziyat elchixonamizning doimiy nazoratida», deya Hojimetovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanganlar soni 65 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning aksari Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida davolanmoqda. 
 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top