23:01 / 26.03.2020
10484
Italiyalik milliarderlar davlatning koronavirusga qarshi kurashiga qanday hissa qo‘shmoqda?

Inqiroz boshlanganidan buyon italiyalik milliarderlar kasalxonalar, sog‘liqni saqlash xizmatlari va davlat muassasalariga 28 mln dollardan ortiq pulni xayriya qildi.

Foto: Vittorio Zunino Celotto / Getty Images

Ushbu haftada Italiyada koronavirus infeksiyasi yuqtirganlar soni 40 ming kishidan oshib ketdi. Kasallikdan 3400dan ortiq kishi vafot etdi – bu Xitoydagidan ham ko‘p. 

Mamlakatning eng badavlat kishilari koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda o‘z hissalarini qo‘shmoqda. 

Moda olami afsonasi Jorjo Armani Milan va Rimdagi kasalxonalarga hamda epidemiyaga qarshi kurashni boshqaruvchi fuqaro muhofazasi agentligiga 1,4 mln dollarga yaqin mablag‘ o‘tkazib berdi.

Massimiliane Landini Aleotti va uning oilasiga qarashli Menarini farmatsevtika giganti Florensiyadagi fabrikasining bir qismini kasalxonalar uchun antibakterial gel ishlab chiqarishga ixtisoslashtirdi.

Fevralda inqiroz boshlanganidan buyon italiyalik milliarderlar kasalxonalar, sog‘liqni saqlash xizmatlari va davlat muassasalariga 28 mln dollardan ortiq pulni xayriya qildi.

«Meni hammasidan ham mamlakatimiz va butun dunyodagi sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyat ko‘proq tashvishlantirmoqda. Uzoq muddatli iqtisodiy oqibatlarni baholashga hali erta. Ammo tarix bizni chuqur inqiroz vaqtida yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishiga o‘rgatmoqda», dedi Armani Forbes bilan suhbatda.

 

Top