15:15 / 26.03.2020
10829
O‘zbekistonda xususiy klinikalarda koronavirus tashxisi qo‘yilmaydi

Nurmat Otabekov xususiy klinikalar koronavirus tashxisini qo‘yish uchun jalb qilinmaganini ma'lum qildi.

Foto: Vitali Timkiv

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Canitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov AOKAda tashkil etilgan brifingda xususiy tibbiyot muassasalari koronavirusga qarshi testlarni pullik asosda amalga oshirishi to‘g‘risidagi xabarga izoh berdi.

«O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasiga laboratoriya usulida tashxis qo‘yish bevosita virusologiya laboratoriyalari tomonidan amalga oshiriladi. 

O‘zbekistonda 16ta virusologiya laboratoriyalari mavjud. Faqat Respublika Sanitariya-epidemologiya osoyishtaligi agentligi, viloyatlar Sanitariya-epidemologik osoyishtalik markazlari va Virusologiya ilmiy tekshirish instituti virusologiya laboratoriyalaridagina tashxis qo‘yish mumkin. Hozirgi kunda koronavirus infeksiyasi faqat ushbu muassaslarida laboratoriya usulida tekshiriladi. Bu ishga xususiy tibbiyot muassaslari jalb qilinmagan», - deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top