11:01 / 26.03.2020
114844
O‘zbekistonda yana 5 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda yana 5 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yildi.

«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana beshtaga oshib, 65 nafarni tashkil etmoqda.

Ushbu infeksiya Saudiya Arabistonida Umra safarida bo‘lib qaytgan farg‘onalik bemorning turmush o‘rtog‘i, ikki nafar farzandi va kelinida aniqlangan. Ular ayni vaqtda Farg‘onadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Yana bir bemor Toshkent viloyatidan bo‘lib, ayni paytda u Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

25 mart kuni Namangan viloyatida ham bir kishida virus aniqlangandi, bu bemor Turkiyaning Istanbul shahridan kelgan. Ayni vaqtda Namangan shahri kirish va chiqish uchun yopib qo‘yilgan.

Bundan avvalroq Farg‘ona viloyatida koronavirus bemorlari soni 2 nafar ekani aytilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top