09:50 / 26.03.2020
188181
O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi

O‘zbekistonning turli hududlarida epimarkazi Tojikistonda joylashgan zilzila kuchi sezildi. Toshkentda yer silkinishi kuchi 4 ballga teng bo‘ldi.

Foto: TASS/Sutanta Aditya

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 09:44da O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Koordinatalar 40,74 gradus shimoliy kenglik, 70,5 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik h=10 km. Toshkentgacha masofa 122,51 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

Toshkent : 123 km, 4 ball.
Namangan : 103 km, 4 ball.
Andijon : 155 km, 3 ball.
Farg‘ona : 115 km, 4 ball.
Guliston : 147 km, 4 ball.
Jizzax : 235 km, 3 ball.
Samarqand : 324 km, 2 ball.
Buxoro : 526 km, 2 ball.
Termiz : 480 km, 2 ball.
Qarshi : 453 km, 2 ball.
Navoiy : 440 km, 2 ball.

Top