21:04 / 26.03.2020
7185
Xorij telekanallarini respublika bo‘ylab ochiq rejimda tomosha qilish mumkin

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma'lum qilishicha, bugun, 26 martdan boshlab bir qancha xorij kanallarini, jumladan, «Indiyskoye kino», «Dom Kino», «Disney», «Euronews» va «Discovery channel» telekanallari butun respublika bo‘ylab ochiq rejimda tarqatiladi.

O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda bundan aholiga, korxonalarga va tadbirkorlik sub'yektlariga salbiy ta'sirni kamaytirish bo‘yicha ham hukumat darajasida qator choralar ko‘rilmoqda.

Shundan kelib chiqib, karantin sharoitida uyda yoki izolyatsiyada bo‘lganlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Axborot faoliyati va ma'lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi topshirig‘iga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar «Indiyskoye kino», «Dom Kino», «Disney», «Euronews» va «Discovery channel» telekanallari ochiq rejimda tarqatiladi.

Bu telekanallar qurilma ro‘yxatida bo‘lmasa, undagi «avtoqidiruv» funksiyasidan foydalanish mumkin. 

 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top