23:36 / 27.03.2020
29223
Ispaniya Xitoyga koronavirusni aniqlovchi sifatsiz testlarni qaytarib berdi

Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi Xitoydagi ishlab chiqaruvchiga koronavirusni aniqlovchi ekspress-testlarning yirik partiyasini testlar sifatsiz bo‘lgani sababli qaytarib berishini ma'lum qildi.

Foto: ABC

Bu haqda El Pais nashri xabar berdi

Ispaniya sog‘liqni saqlash vaziri Salvador Illaning ma'lum qilishicha, testlar Xitoyning Shengzhen Bioeasy Biotechnology kompaniyasiga qaytarilgan. Bu ispaniyalik mikrobiologlar partiyadagi 9 ming test 30 foizlik ta'sirchanlikka egaligini ma'lum qilishgandan keyin yuz bergan. Vaholanki, mutaxassislarning ta'kidlashicha, testlar kamida 80 foizlik ta'sirchanlikka ega bo‘lishi lozim.  

640 ming dona test Ispaniyaga 23 mart kuni yetkazib berilgan. O‘shanda testni qo‘llashni boshlagan Madriddagi 4 ta shifoxonada test koronavirusga chalingani tasdiqlangan bemorlarda virusning yo‘qligini ko‘rsatgani aniqlangan.

Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi testlarni bevosita Xitoydan emas, balki ispaniyalik distribyutor orqali sotib olgan. O‘z navbatida Xitoyning Ispaniyadagi elchixonasida Shengzhen Bioeasy Biotechnology o‘z mahsulotini sotishga litsenziyaga ega emasligi va Xitoy Ispaniyaga taqdim qilgan “malakali yetkazib beruvchilar ro‘yxatiga” kirmasligi ma'lum qilingan.

Xitoy kompaniyasida testlar uchun ba'zi to‘plamlar almashtirib berilishi aytilgan. Uning ta'kidlashicha, noto‘g‘ri natijalar namunalar muvaffaqiyatsiz olingani yoki to‘plamlar noto‘g‘ri qo‘llangani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kompaniya test uchun to‘plamlardan qanday foydalanish kerakligi borasida mijozlar bilan yetarlicha ish olib bormaganini tan olgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top