16:51 / 27.03.2020
6017
Karantin davrida emlash taqvimida o‘zgarish bo‘lmaydi - Otabekov

Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov karantin davrida emlash (vaksina) taqvimida o‘zgarish bo‘lmasligini ma'lum qildi.

«Boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlanish — bu xastaliklarga nisbatan turg‘un immunitet hosil bo‘lishini ta'minlaydi. Shu bois qat'iy emlash taqvimiga ko‘ra ish tutish, emlash oralig‘ini buzmaslik kerak», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bosh sanitariya inspektori bolalarni emlash tadbiri o‘tkazilishi uchun tibbiyot muassasasida kerakli choralar ko‘rilishi lozimligini qayd etdi.

Emlash muolajasi olib boriladigan birinchi bo‘g‘in tibbiyot muassasi — oilaviy poliklinika, qishloq vrachlik punktida odamlarning to‘planib qolmasligi, gavjumlik hosil bo‘lmasligi uchun muassasa rahbariyati kerakli choralarni ko‘rishi shart», deya ta'kidladi u.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top