12:14 / 27.03.2020
6450
Karantin munosabati bilan IELTS imtihoni o‘tkazilmaydimi?

AOKA qoshidagi koronavirusga qarshi kurash shtabida bo‘lib o‘tgan navbatdagi brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi  oliy ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqov sohaga oid savollarga javob berdi.

Abduvali Xoliqov / Foto: KUN.UZ

Jumladan “4 aprelda IELTS imtihoni bo‘lishi kerak edi, karantin davrida bu imtihon bo‘ladimi yoki qoldiriladimi?” degan savolga javob berarkan “Britaniya kengashining ma'lumotiga ko‘ra barcha imtihonlar, IELTS imtihoni ham karantin davri yakuniga qadar amalga oshirilmaydi” dedi.

Tojikistonda tahsil olayotgan talabaning “o‘qishimni ko‘chirishga hujjatlarimni topshirganman va Samarqand davlat tibbiyot institutiga tavsiya etildim. Bugungi kunda Tojikistondagi oliy ta'lim muassasasi tomonidan hujjatlarim berilmayapti. Elchixona yordam bera olmadi. Vizamning muddati yaqin kunlarda tugaydi. Men kabi o‘zbekistonlik boshqa talabalarda ham shunday muammolar bor. Oliy ta'lim vazirligi tomonidan amaliy yordam berilishini so‘rayman” degan murojaatiga “Qo‘shni davlatlardan respublikamiz oliy ta'lim muassasalariga o‘qishlarini ko‘chirish istagida bo‘lgan 50 mingdan ortiq fuqarolarimizdan arizalar qabul qilingan. Qo‘shni davlatlar ta'lim vazirliklariga joriy yilning 10 martida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xat bilan respublikamiz fuqarolariga amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan” deya javob berdi Abduvali Xoliqov.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top