12:40 / 27.03.2020
98972
Koronavirus yuqtirgan 7 nafar bemorning ahvoli og‘ir - SEDNI

Koronavirus bilan kasallangan bemorlarning 7 nafari og‘ir ahvoldaligi ma'lum qilindi. Bu haqda Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov axborot bergan.

Foto: AP

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov infeksiya yuqtirgan 7 nafar bemorning ahvoli og‘ir ekanini qayd etdi. 

«Mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 83 nafarni tashkil etyapti. Bemorlarning aksariyati Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda. Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlaridagi bemorlar o‘zlarining hududlarida davolash muolajalarini olyapti. Boshqa viloyatlardan kelgan bemorlarimiz va ular bilan muloqotda bo‘lganlar Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida qolmoqda», - degan u.

Ta'kidlanishicha, hozirgi holatda bemorlarning 15 nafarida o‘pka yallig‘lanishi belgilari kuzatilyapti, 7 nafarining ahvoli mutaxassislar tomonidan og‘ir, deb baholanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top