00:06 / 27.03.2020
10811
Markaziy harbiy okrug bo‘linmasi Samarqandda karantinga joylashtirilgan fuqarolarning xavfsizligini ta'minlamoqda 

Kecha, 25 mart kuni 1157 nafar O‘zbekiston fuqarosi temiryo‘l orqali Qozog‘istondan Samarqand shahriga olib kelindi.

Foto: Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi matbuot xizmati

Harbiy jurnalist kapitan G‘ayrat Madrahimovning ma'lum qilishicha, ular Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda soha mutaxassislari tomonidan Samarqand shahrida vaqtincha tashkil etilgan karantin maskaniga joylashtirildi.  

Shifokorlar tomonidan sog‘lig‘i tekshirilgan fuqarolar o‘zlari uchun ajratilgan xonalarga joylashtirildi. 

Karantindagi fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan patrullik qo‘riqlovi tashkil etildi.

Avvalroq Toshkent harbiy okrugiga qarashli umumqo‘shin poligonida dala sharoitidagi harbiy-tibbiy gospital tashkil qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top