16:40 / 27.03.2020
60181
Metrotelecom O‘zbekiston hududida xalqaro va Rossiya telekanallarining qonuniy retranslatsiyasini yo‘lga qo‘ydi

Metrotelecom huquq egalari bilan lisenzion shartnomalarga ega yagona operator sifatida xalqaro va Rossiyaning mashhur telekanallari namoyishlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida HD formatida ishga tushirilishini e'lon qiladi.

Foto: Metrotelecom

Metrotelecom savdo belgisi ostida tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi «INDEPENDET TELECOM INNOVATIONS» MChJ O‘zbekistonda birinchilar qatorida huquq egalari va ularning vakillari bilan kelishuvlar imzoladi. Ular orasida Nickelodeon, NickToons, Nick Jr.unior, MTV, MTV HD, MTV LIVE, MTV DANCE, Eurosport, UFC TV, M1 Global, Viasat Explorer, Viasat History, Viasat Nature, Kinopremera, Kinoxit, TV Kuxnya, Match Premer VH1 European, Paramount Channel, Animal Planet, Spike, Discovery, Discovery Science kabi taniqli va mashhur hamda boshqa ko‘plab kanallar mavjud. Batafsil ro‘yxat bilan kompaniyaning rasmiy saytida tanishish mumkin. 

Kompaniya respublikada qonuniy va raqamli televideniyeni rivojlantirishga fuqarolarning undan foydalanish imkoniyatlarini oshirgan holda ko‘maklashish rejalarini tuzgan.

Foydalanuvchilar yuqori sifatli qonuniy televideniyedan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. 

Kompaniya televideniye operatorlariga kanallarni retranslatsiya qilish xizmatlarini ko‘rsatishga tayyor. 

Shunday qilib, Metrotelecom kompaniyasi www.metrotelecom.uz saytida sanab o‘tilgan televizion kanallarning yagona operatori hisoblanadi. 

Televizion kanallarni retranslatsiya qilish uchun zamonaviy talablarga javob beruvchi, ma'lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega zamonaviy texnologiyalar va yechimlardan foydalanilgan. 

Televizion kanallarni yetkazib berish Moskva shahridagi Ostankino bosh stansiyasidan CDN (Kontentni Yetkazib berish Tarmog‘i) texnologiyasi yordamida internet tarmog‘i orqali kechiktirmasdan, signal sifatini yo‘qotmagan va DRM himoyadan (mualliflik huquqlarini texnik himoya qilish vositalaridan) foydalangan holda amalga oshiriladi.

Retranslatsiya qilinadigan kanallarning to‘liq ro‘yxati tegishli ravishda vakolatli davlat organlari bilan birgalikda kelishilgan va ma'qullangan bo‘lib, Metrotelecom ularga o‘z hurmati va minnatdorchiligini bildiradi. 

O‘zbekiston Respublikasining 20.07.2006 yilda qabul qilingan «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi» O‘RQ-42-son Qonuni teleko‘rsatuvlar, filmlar, seriallar hamda televizion kanallar orqali namoyish qilinadigan boshqa mualliflik huquqi obektlarining mualliflari va huquq egalari huquqlarining huquqiy muhofazasini belgilaydi. Mualliflar, huquq egalari yoki ularning vakillari bilan imzolangan lisenzion shartnomalarning mavjudligi mualliflik huquqi obektlaridan, ayniqsa tadbirkorlik maqsadlarida foydalanishning majburiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Metrotelecom, mashhur televizion kanallarning huquq egalari hisoblangan VIASAT, Viacom, Paramount va Red Media Group kabi global mediaxoldinglar bilan lisenzion shartnomalarning imzolanishi O‘zbekistonda iqtisodiyotning ochiqligi va uning investitsion jozibadorligi sohasida erishilgan yutuqlarning yana bir e'tirofi bo‘lib hisoblanishiga ishonadi. 

Metrotelecom barcha manfaatdor shaxslarni tegishli litsenziyalar va ruxsatnomalarga ega mashhur televizion kanallardan bahramand bo‘lish imkoniyatini ta'minlash maqsadida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishga, O‘zbekiston Respublikasida faqat Metrotelecom bilan shartnoma tuzish orqali namoyish etilishi mumkin bo‘lgan televizion kanallarni retranslatsiya qilish uchun shartnomalarni tuzishga taklif qiladi.

«Biz mamlakatimizda qonuniy televideniyeni rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shishni istaymiz. Katta sa'y-harakatlarni amalga oshirdik va televizion kontentning asosiy huquq egalari bilan birgalikda ishlash to‘g‘risidagi kelishuvlarga erishdik. Bu media xizmatlarning rivojlanishiga turtki beradi. Mamlakatimiz uchun esa qonuniy kontent hamda intellektual mulk va huquq egalarining huquqlariga rioya qilish sohasida faol ilgari siljish imkoniyatini yaratadi. Eng asosiysi esa, fuqarolarimiz yanada ko‘p kanallar va ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, yuqori sifatli televizion tasvirlarga ham erishadi».

Reklama huquqi asosida 

Top