10:53 / 27.03.2020
14236
Namanganda «Neksiya-3» va «Vaz-2106» to‘qnashdi, bir kishi vafot etdi

Holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda 

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 23 mart kuni soat 17:50larda Namangan shahrida yashagan M.K. “Neksiya-3” rusumli transport vositasida Namangan shahar, Marg‘ilon ko‘chasida harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u sog‘ligi yomonlashgani tufayli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan fuqaro A.K.ga tegishli “Vaz-2106” rusumli avtomashinaning orqa qismiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, haydovchi M.K. ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. 

2020 yil 23 mart kungi STEning xulosasiga ko‘ra, marhum M.K. “Yurak ishemiya kasalligi, miakard infarkti”dan vafot etganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top