21:43 / 27.03.2020
8709
Navoiy viloyatida yana 4 ta tumanga kirish va chiqish rasman tӯxtatildi

27 mart kuni soat 12:00dan boshlab, Navoiy va Zarafshon shaharlari, shuningdek, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlariga viloyatning barcha hududlaridan kirish va chiqish har qanday transport vositalarida to‘xtatilgandi

Soat 20.00 dan boshlab Navbahor, Nurota, Karmana va Qiziltepa  tumanlariga ham kirish va chiqish to‘xtatildi. Bu haqda Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati xabar tarqatdi.

Mazkur hududlarga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, ushbu tumanlarda doimiy yashovchi shaxslarga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot, nodavlat tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas'ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Xabarda viloyatning shahar va tumanlari hududlariga kirishga qo‘yilgan cheklovlar va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top