10:03 / 27.03.2020
95408
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 8 nafarga oshdi

Ushbu infeksiyani yuqtirib olganlarning 5 nafari Toshkent shahrida, uch nafari esa Andijonda qayd qilingan

Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 8taga oshib, 83 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu infeksiyani yuqtirib olganlarning 5 nafari Toshkent shahrida, uch nafari esa Andijonda qayd qilingani tasdiqlandi.

Avvalroq, kecha koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bugun miokard infarktidan vafot etgani xabar berilgandi.

Shu yilning 26 mart kuni surunkali kasalliklari bilan dispanser nazoratida bo‘lgan namanganlik 72 yoshli R. koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi. U bugun tongda soat 4:30da shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan o‘tkir miokard infarktidan vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top