18:43 / 27.03.2020
15858

Qozog‘istonda koronavirus aniqlangan yana bir bemor tuzalib ketdi

Bu Qozog‘istonda COVID-19 aniqlangan dastlabki bemorlardan biri bo‘lgan erkak kishi ekani aytiladi

Foto: Inbusiness.kz

Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan qozog‘istonlik uchinchi fuqaro Olmaotadagi kasalxonadan chiqarildi, deb xabar bermoqda Coronavirus2020.kz.

Bu Qozog‘istonda COVID-19 aniqlangan dastlabki bemorlardan biri bo‘lgan erkak kishidir.

Jamoat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, uning nazorat tahlili natijalari salbiy bo‘lgan.

«Bu bemor 13 martga o‘tar kechasi Berlin - Minsk - Olmaota reysi bilan Olmaotaga kelgan erkak kishi. U virusga qarshi davolash va simptomatik terapiyaning to‘liq kursini oldi. Kasallik yengil kechdi. Davolanish davrida asoratlar kuzatilmadi. Hozir u 14 kunlik karantinga chiqarildi, uyida tibbiy xodimlar nazorati ostida bo‘ladi», - deya xabar qildi shifokorlar.

Bundan oldin, Olmaotaga karantin sababli harbiy texnika kiritilgandi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top