15:05 / 27.03.2020
96173
«Xorazmda koronavirus tarqalgani yolg‘on» - Otabekov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Canitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovning aytishicha, Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi Qaraman qishlog‘ida koronavirus kasalligi tarqalgani haqidagi ma'lumotlar asossiz.

Foto: KUN.UZ

«Ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi Qaraman qishlog‘ida koronavirus kasalligi tarqalgani haqidagi ma'lumotlar asossiz. Bu kabi yolg‘on ma'lumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik bor.

Hozir respublika bo‘yicha Toshkent, Farg‘ona, Namangan va Andijon shaharlarida koronavirusga chalinganlar aniqlangan. Aksariyat bemorlar Toshkent shahridagi joylashgan Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida, shuningdek, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallangan 82 nafar bemor Toshkent shahridan tashqari Namangan (5 nafar), Farg‘ona (6 nafar), Andijon (3 nafar) va Buxoro viloyatlarida (3) yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarga joylashtirilganini ma'lum qilgan edi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top