21:23 / 28.03.2020
28961
Bog‘chalardagi oziq-ovqat xarid qilingan korxonalarga ixtiyoriy ravishda qaytarilgan – vazirlik izohi

Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatiga oid brifingda bolalar bog‘chalari ehtiyoji uchun xarid qilingan oziq-ovqatlar taqdiri bilan qiziqdik.

Vazirlik matbuot kotibi Dilafro‘z Ikromova bu masalaga oydindik kiritdi:

– Albatta, karantin to‘satdan e'lon qilindi, shu munosabat bilan ko‘pchilikda savol tug‘ilishi mumkin – hozirgi kunda maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni ovqatlantirish uchun xarid qilingan mahsulotlar taqdiri nima bo‘ladi, isrof qilindimi, tashlab yuborildimi, degan. 
Yo‘q, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan barcha mahsulotlar isrof qilinmasdan xarid qilingan korxonalarga ixtiyoriy ravishda qaytarilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top