17:15 / 28.03.2020
6539
Ehtiyojmandlar uchun «Saxovat» chellenji o‘tkazilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda tadbirkorlar hamkorligida “Narxlarni oshirmaymiz” va “Saxovat” chellenji tashkil etilmoqda. Ushbu chellenj bozorda narxlarni mo‘'tadil saqlash, ehtiyojmandlarga beg‘araz yordam ko‘rsatishni maqsad qiladi.

Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament boshlig‘i Dilshod Rahimov 28 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lumot berdi.

“Karantin davrida saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan aholiga beg‘araz yordam ko‘rsatish tashkil etildi. Xususan, 19 tonna kartoshka, 14 tonna piyoz, 11 tonna sabzi, 1 tonna karam, 4,5 tonna guruch, 19 tonna un, 1,5 tonna shakar, 1,5 tonna tuz, 5 tonna paxta yog‘i, 15 ming donadan ortiq qolipli non,  qariyb 600 ming dona tibbiyot niqobi, salkam 8000 dona  tibbiyot qo‘lqopi, 3,5 ming donadan ko‘p antiseptik vositalar, 37,5 ming dona sovun va qariyb 14 tonna isiriq shular jumlasidandir”, deya Dilshod Rahimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Departament boshlig‘i karantin holati tufayli faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan muassasalar xususida raqamlarni taqdim etdi.

“Respublika  hududidagi  376ta  restoran,  498ta  bar, 1,612ta  kafe,  9,922ta  oshxona,  1,450ta  to‘yxona,  253ta  buyum  bozori  va  savdo  kompleksi  bo‘yicha  reyd  tadbirlari  o‘tkazilib,  barchasining  faoliyati  epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar to‘xtatib turilishi ta'minlangan. Mazkur obektlarning vaqtinchalik to‘xtatilishi bozorlarda mahsulotlarga  bo‘lgan  talabning  pasayishiga  olib  kelmoqda”, deya ta'kidladi Dilshod Rahimov.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top