15:53 / 28.03.2020
12974

Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarining mehnat ta'tillarini uzaytirish choralari ko‘rilmoqda – vazirlik

Maktabgacha ta'lim vaziri matbuot kotibi Dilafro‘z Ikromovaning aytishicha, davlat tasarrufida maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari 31 martgacha mehnat ta'tiliga chiqarilgan bo‘lib, hozirgi kunda navbatdan tashqari ta'til muddatini uzaytirish choralari ko‘rilmoqda

Foto: KUN.UZ

U bu haqda 28 mart kuni AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

“Respublikada barcha turdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o‘tkir respirator infeksiyalar, gripp va koronavirus kasalliklarini tarqalishini oldini olish maqsadida 2020 yil 16 mart kunidan boshlab alohida ko‘rsatma bo‘lgunga qadar 14 050 maktabgacha ta'lim tashkilotlarni faoliyati to‘xtatilib, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik (SEO) markazlari yordamida dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirildi. 

Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari, pedagogika kollejlari hamda maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar, ya'ni metodist, tibbiy hamshira va qorovullar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining xodimlaridan tashqari barcha xodimlar 2020 yilning 18 martdan 31 martga qadar navbatdagi yillik asosiy mehnat ta'tiliga chiqarilib, ta'tilning foydalanilmay qolgan qismi ularga qulay vaqtda berilishi belgilandi. Hozirgi kunda navbatdan tashqari ta'til muddatini uzaytirish choralari ko‘rilmoqda, bu haqda alohida ma'lumot beriladi”, deya Dilafro‘z Ikromovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Maktabgacha ta'lim vaziri matbuot kotibining ta'kidlashicha, bugungi kunda bog‘chalarning 1 458 681 nafar tarbiyalanuvchisi uy sharoitida qolmoqda. Karantin muddati tugaguniga qadar Davlat xizmatlari agentligi tomonidan bog‘chalarga yo‘llanma berish to‘xtatilgan. 

Karantin davrida Maktabgacha ta'lim vazirligi markaziy apparati va hududiy bo‘linmalar, ularning quyi bo‘g‘inlari xodimlari masofadan faoliyat yuritmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top