13:20 / 28.03.2020
12882
Nurmat Otabekov: «Avtomashinangizga dezinfeksion ishlov berilganlik uchun haq talab qilinishi noqonuniy holat emas»

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov yoqilg‘i quyish shoxobchalarida dezinfeksiya xizmati uchun haq olinayotgani haqidagi savolga javob berdi.  

Foto: KUN.UZ

“Respublika hududida dezinfeksiya xizmati xo‘jalik hisobidan faoliyat yuritgan. Shu paytgacha aynan shunday bo‘lgan. O‘z salomatligimiz uchun mashinamizning xavflilik nuqtayi nazaridan, uning biror bir sababga aylanib qolishining oldini olish uchun dezinfeksion ishlov berilishi uchun haq to‘lash qonun buzilishi emas. 

Lekin shunday tadbirlar amalga oshirilyaptiki, dezinfeksiya vositalarini, hatto dezinfeksiya xizmatida ishtirok etayotgan ko‘chalarni, yo‘laklarni dezinfeksion ishlarni amalga oshirish bo‘yicha hamma xarajatlarni davlat o‘z zimmasiga olgan. Shunday ekan, avtomashinangizga dezinfeksion ishlov berilganlik uchun haq talab qilingan bo‘lsa, bu noqonuniy holat emas. 

Har birimiz to‘liq anglab yetishimiz kerak: buni rasmiy dezinfeksiya stansiyasi amalga oshiryaptimi yoki bunday tadbirlarda soxta ishtirokchilar paydo bo‘lib qoldimi?” - dedi Nurmat Otabekov.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top