10:10 / 28.03.2020
300324
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 100dan oshdi. Yana bir bemor vafot etdi

Oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da o‘lim holati qayd etildi 

Foto: Getty Images

Ayni vaqtgacha mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
  
Qayd etilishicha, ularning 6 nafari 26 mart kuni Moskva–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar, 7 nafari ham 26 mart kuni Istanbul–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar orasidan hamda 3 nafari bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasidan aniqlangan. 

Shuningdek, oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da o‘lim holati qayd etildi.

Bundan oldin, respublika komissiyasi yangi karantin choralarini e'lon qilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top